To’xtab qolar o’ksib oqar suv
O’zin tashlar qoyqdan ohu
Oshar toshu suv bo’lar og’u
Bu dunyoda ayol bo’lmasa,
Ayol degan bir zot bo’lmasa.
Ayol borki olam munavvar! Darhaqiqat ayol ona,ayol rafiqa,ayol singil.Bu muqqadas bir zotki, uning bilan olam munavvar uning bilan oila vatan xonadon oboddir.Yangilanish,yosharish, bahor faslining ilk bayrami aynan ayollarga atalgani bejis emas albatta.Ayol- bu sadoqatli yor,ko’ngillarga zavq-shavq bagishlovchi hayotni go’zal qiluvchi, ibo-hayoni uzida mujassam etgan bir xilqat…
Ular bilan hayotimiz go’zal kunimiz mazmunli. Ayol bu go’zallik timsolidir.Biz Sharqda ayolga bo’lgan hurmat, ehtirom uni qadrlash, uni ko’klarga ko’tarish bizning ota bobolarimizdan meros.Hattoki Quro’nda ham takidlanishicha erkak va ayol xudo oldida teng.Ular ijtimoiy va dunyoviy vazifalarini o’z ehtiyojlari va tabiatlariga xos ravishda ado etishi shariat belgilagan yo’ldan borib amalgam oshirishlari kerak.Islom ayolni ana shu sifatda uluglaydi.Hadislarda “Onaga bo’y sunib xizmatida bo’l,jannat onalar oyog’i ostidan topiladi” deb ta’kidlanadi.
Ayolni e’zozlash unga ehtirom ko’rsatish Sharqda o’ziga xos oilyjanoblikdir.Ayniqsa O’zbekistonimiz istiqlolga erishgandan so’ng xotin-qizlarning jamiyatdagi o’rni va mavqe’ini mustahkamlash borasida davlat ahamiyatiga molik tarixiy ishlar amalgam oshirilmoqda.1999-yilning mamlakatimizda “Ayollar yili” deb e’lon qilinishi ulkan ishlarning ham amaliy ham mantiqiy davomidir.Negaki yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek,Ayol-ona u bir xalqni dunyoga keltiradi,tarbiyalaydi.Xalqning buyuk bir millat bo’lib, oyoqqa turishi birinchi galda ayolning ma’naviyati,madaniyati, salomatligi bilan bevosita bogliq.Nafaqat bizning jamiyatimizda ayolning o’rni,uning bunyodkorlik faoliyati ulug’lanadi balki, hamma davlatlarda ham ulug’lanib kelingan.
Xalqimiz o’zining boshidan turli tarixiy bosqichlarni bosib o’tgan va ushbu har bir bosqichda ayollarning fidoyiligi, jasorati beqiyosdir.Bunga misol qilib,forslarga qarshi chiqib jasorat ko’rsatgan To’maris arab iste’losi davrida Buxoro hukumdori bo’lgan Podshoh xotin,chor Rossiyasi zulmiga qarshi chiqib,farzandlarini himoya qilib chiqqan Oloy malikasi nomi bilan mashhur Qurbonjon dodxox va boshqalarni aytishimiz mumkin.Uzoq tarixda sharq ayollari orasidan buyuk insonlar yetishib chiqdi,ularning har biri o’zlarining yuksak kamoloti salohiyati iste’dodi va erkin insoniy fazilatlari bilan xalqimiz obro’-e’tiborini yuksaltirdi.Bibixonim, Gulbadanbegim,Zebunisso,Nodira, Uvaysiy,Anbar otin,Dilshodi Barno va boshqa ayollarimizning erkin siymolari porloq yulduzdek, adabiyotda nur sochib turaveradi.Bu ulug’ zotlardan tashqari bugungi kunda Zulfiya,Soraxon Eshonto’rayeva,Tamaraxonim ,Mukarama Tueg’unboyeva,Fozila Sulaymonova,Bo’ritosh Shodiyeva kabi mashhur ayollarimizni faxr va g’urur bilan tilga olamiz.Prezidentimizning fikricha”Xudoning marhamati bilan oilani oila qiladigan zot bu ayoldir”.Ayol-ona, ayol-tarbiyachi,ayol-murabbiydir.Ana shu ezgu xislatlarni bir vujudda mujassamligini topgani tufayli ayol barkamol insonni tarbiyalay oladi.Uning purhikmat va purma’no o’gitlari,nasihatlarida olam-olam haqiqat durdonalari jilolanib turadi.
Bizning Sharqda farzand ta’lim tarbiyasida juda ham jiddiy yondashganlar. Bu borada ayollar roli yuqori o’rinda turgan.Chunki,tugilajak bola ona qulida, uning bilan muloqotda bo’ladi.Bola tarbiyasi borasida xalqimizning o’ziga xos uzoq tarixiy tajribasi sinovdan o’tgan ajoyib an’analari bor.o’zidan kattalarni hurmat qilish salom berish,yoshi ulug’ bilan odob andisha asosida so’zlash bedkachoparlik qilmaslik bunga misol bo’ladi.Buyuk bobokalonimiz Amir Temurning suyukli rafiqalari Bibixonim o’zlarining donoliklari bilan,oqilaliklari bilan bir necha temuriy shahzodalarni tarbiyalagan buyuk zotdirlar.Ular ichida Mirzo Ulug’bek jahon ilmiga o’z ilmiy salohiyatini qo’shgan alloma hisoblanadi.Prezidentimiz I.A Karimov ta’kidlaganlaridek,”Ertangi kunimizning vorisi,Vatanimiz tayanchi yurtimiz obodonligi va farovonligini yanada oshirishda fidokor inson bo’lib yetishishda ayollarning hissasi bor”Agar onalar o’qimishli, madaniyatli, ma’rifatli bo’lsa, agar onalar o’z o’rnini unutmasa jahonga Al Xorazmiy, Beruniy,Ibn Sino ,Qori Niyoziy,A.Avloniy Behbudiy kabi jaxon xazinasini boyitgan fozil,komil,mard o’g’lonlarni tarbiyalab berishadi.Baxtimizning naqadar ulug’ bo’lishi avallo ayollarga bogliq.
Respublikamizda bu yil “Obod turmush yili”deb nomlanishi mantiqiy ma’noda ayollar yilining davomidir.Chunki, “Obod turmush yili”oilada turmush tarzida va uning asosini tashkil etuvchi ayollarga e’tibor qaratilgan.Ayol ma’naviyatini butun millat ma’naviyatining tub ildizi deyish mumkin .Sharq ayolining zimmasiga qolaversa, o’zbek ayolining zimmasiga milliy sharqona ma’naviyatni saqlab qolish,va uni farzandlar timsolida yanada yuksak darajada zamonaviy asoslarda davom ettirish ma’suliyati yuklangan.
Hozirgi kunda kelib,O’zbekistonning turli jabhalarida ayollarning faolligini, nufuzini ko’ramiz;rahbar ayol,san’atkor,sportchi,harbiy,jurnalist, jamoatchi, olima va hokazolar.Ana shunday jamiyatning balandroq nufuziga ega bo’lsa,oilasiga,farzandlariga vaqt ajratish imkoniyati kam qoladi deb hisoblashadi. Menimcha, haqiqiy ayol,haqiqiy ona buning har ikkisiga ham vaqt ajrata oladi albatta imkon topadi.Bilimi barkamol ayol farzand tarbiyasiga ham shubhasiz komillikka intiladi.
Mustaqilligimizni mustahkamlashda ayollarningo’zini xos o’rni bulishi tabiiy.Ona-ayol tarbiyachi ekan o’zi bilimdon bo’lmogi tarixni urf-odatlarni yaxshi bilmogi lozim.Chunki,bola tarbiyasi hamisha muhim masala bo’lib kelingan.Abdulla Avloniy tarbiya haqida shunday degan:”Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot,yo najot yo halokat,yo saodat,yo falokat masalasidir”.bundan tashqari ma’rifatparvarimiz o’zinig “Turkiy guliston yoxud axloq”asarida”Tarbiyani kimlar qilur?Qanday qilinur?” degan savolni berib,shunday javob bergan”birinchi uy tarbiyasi,bu ona vazifasidir.”Shunday ekan ona hayot boshi, farzand ijodkori, ona uchun farzand tarbiyasidan bo’lak buyuk baxt bo’lmasa kerak.Ona hayotning guli farzand uning bulbuli deyishadi.Ular o’zaro uygunlashgandirlar.Ayollarimiz onalarimiz farzand tarbiyasida zamon bilan hamnafas bo’lishlari o’z farzandlarini dunyoda sodir bo’layotgan voqea va hodisalarga xolisona baho berishga o’rgatishlari va bunday baho berishni aynan go’daglik davridan boshlashlari lozim.O’z farzandlarini turli xil ko’ngilochar joylarga zoopark,sirk,teatrlarga olib borishlari bolaning ruhiyatiga ijobiy ta’sir etadi.Onalar bolalarining yoshligidan tasviriy san’atga e’tiborlarini qaratmoqlari lozim.U kelajakda rassom bo’lmasligi mumkin ammo,oliyjanob,bagrikeng,xisslatlarini o’zida mujassamlashtiradi,o’z duyoqarashini shakllantiradi.Uni qalam, qogoz, bo’yoq bilan ta’minlash kerak.
Jamiyatimizda mehribon, muslima onalarimiz bilan birga ming afsuslar bo’lsinki,iymon e’tiqodini yo’qotgan,faxshga ruju qo’ygan ayollik ma’suliyatini his etmaydigan ayollarimiz ham topiladi.Ularning lablarida papirusu tillarida haqoratli so’zlarni ko’rasiz.Ayol deb atashga tilingiz bormaydi.Bu bizga Garbning ta’sirimi yoki ayollarimizning iymonlaridan yiroqlshishlarimi?O’z farzandlariga onalik mehrini berishga qizgongan,illatlarga berilgan ushbu kimsalarni kim deb atashni ham bilmaysan kishi,zero qomisimizda”Ota-onalar farzandlarini voya yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdir” deb ko’rsatilgan.Ushbu jinoyatchi atalmish “ayollar”nahotki urush yillarida yetim qolgan norasida yetim yesirlarni millatiga diniga qaramasdan o’z bag’riga olib boqqan Fotima Qosimova ,Lutfxonim aya Sarimsoqovalardan olmasalar.Bunday jasorat ko’rsatgan o’zbek ayollari qanchadan-qancha edi.Ocharchilik yillarida bir bo’lak nonini baham ko’rgan ayollarimiz,onalarimiz darhaqiqat jannatidirlar.Ularning qo’lida tarbiyalangan farzandlari ne-ne kasb egalari bo’lib,jamiyat rivojiga o’z hissalarini qo’shib keldilar.Darhaqiqat tuqqan ona ona emas,tarbiyalagan ona onadir.
Ba’zi shunday nosog’lom oilalarimiz borki,unda ota-ona urush janjallari farzandlar tarbiyasiga salbiy ta’sir qiladi va ular o’z farzandlari tarbiyasiga befarq bo’lishadi.Sharq muttafakkiri Kaykovusning shunday bir hikmatli gapi bor:”agar sen bolangni tarbiyalamasang uni zamon va sharoit tarbiyalaydi”.Shunday ekan farzandlarimiz tarbiyasiga befarq bo’lmaylik.Hozirda global muammoga aylangan XXI –asr vabosi bo’lmish narkotika tarbiyasiga topshirib qo’ymaylik.
Dunyoga mashhur allomalar yurti bo’lmish muborak zaminimizning ayollari nega Ulug’bek, Beruniy,Ibn Sino,Xorazmiy,Farg’oniy,Farobiylar kabi farzandlarni berishda orqada qolmoqdalar.Nahotki, ular millat taqdiri haqida qayg’urmasalar.Gap ayollarimizning ta’lim tarbiyada tutgan o’rni haqida ketar ekan shuni ham aytib o’tish kerakki,hozirgi kunda mamlakatimizning turli ta’lim sohalarida ko’plab ayollarimiz faoliyatlarini ko’ramiz.Maktablarda ayol o’qituvchilar hatto 70-80% ni tashkil etmoqda. Bola asosiy tarbiyani ona maktabidan olsa davomi bo’lmish o’smirlikdagi tarbiyani maktabdan oladi. Ana shunday maktablarda ishlaydigan ayollarimiz ba’zan sharqona mintalitetimizdan yiroqlashgan holda kiyinishadilar. Haddan ortiq pardozga yo’l berib,o’qituvchilik madaniyatiga putur yetkazadilar.Yan Amos Komenskiy maktabda tartib intizom haqida gapirib pedagoglarni tashqi ko’rinishi va kiyinish madaniyatiga alohida e’tibor qaratish lozimligini uqtirgan.Hind muttafakkiri Robindranat Tagor ham “Ta’lim tarbiyani o’rgatishda unga avval o’zing amal qil”degan. Shunday ekan ayrim shunday o’qituvchilarimiz o’zlariga salgina pedagog ko’zi bilan qarasalar maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Yuqoridagi so’zlarimizga yakun yasab,xulosa qilib aytadigan bo’lsak,onanig bola tarbiyasiga bu kabi e’tibori kelajakda mustaqil fikrlaydigan shaxsni kamol topishiga bevosita ta’sir qiladi.O’zi ijodiy fikrlashga mustaqil xulosalar chiqorishga harakat qiladi va obod turmush tarzini ta’minlashda o’z hissalarini qo’shgan bo’ladi.Agarda bizning Sharq ayollarimiz o’zliklarini anglagan holda tarixga nazar tashlab,kelajak haqida qaygursalar o’ylaymizki,Shaq ayoli:kecha va bugun ham o’z kamolotiga yetgan bo’ladi.
Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti
Ijtimoiy fanlar kafedrasi
assistenti Sidikova M.X